Zamonaviy texnologiyalar davrida ayollar: ilm-fan va innovatsiyalar orqali yangi marralar

  • Asosiy
  • Zamonaviy texnologiyalar davrida ayollar: ilm-fan va innovatsiyalar orqali yangi marralar

🎲 Zamonaviy texnologiyalar davrida ayollar: ilm-fan va innovatsiyalar orqali yangi marralar

🖥 Bugungi kunda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida ayollarning ishtiroki tobora ortib bormoqda. Bu yo‘nalishda ilm-fan, ta’lim va amaliy loyihalarni birlashtirgan mutaxassislar faoliyati alohida e’tiborga loyiq.

🖐 Ana shunday mutaxassislardan biri — Saida Beknazarova. U Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari doktori (DSc) bo‘lib, sun’iy intellekt, media texnologiyalar va raqamli ta’lim yo‘nalishlarida ilmiy va amaliy ishlar olib bormoqda.

➡️ Xususan, “Healthy Children” hamda “Kidney Stone Detect” loyihalari orqali sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohadagi muammolarni texnologiyalar yordamida hal etish yo‘nalishida ishlar olib borilgan.

🔅 Bugungi kunda bu kabi misollar yoshlar, ayniqsa qizlar uchun AT sohasida o‘z o‘rnini topish, ilm-fan va innovatsiyaga kirib borish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

📸 Batafsil ma’lumotni karusel fotolar orqali bilib olishingiz mumkin.