💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida davlat xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan 400 o‘rinli barcha qulayliklarga ega zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Mazkur talabalar turar joyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 563-son qaroriga asosan davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan.
Talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Karimjonov Rustam Olimjonovich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich hamda Samarqand viloyatining bir guruh faollari ishtirok etishdi.