Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi, o‘zida bir qancha sport turlarini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi, o‘zida bir qancha sport turlarini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🟦Bugun, 8 – aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi, o‘zida bir qancha sport turlarini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏗Oliygohimiz hududida ishga tushirilagan zamonaviy sport koshonasi turk muhandislarining konstruktsiya loyihasi bilan Turkiya davlatidan keltirilgan metal konstruktsiyalar asosida barpo etildi.

🌡Inshootning isitish tizimi avtonom lokal qozonxona orqali, sovutish tizimi esa kondentsionerlar yordamida ishlaydi.

🏆Mazkur sport inshootidagi alohida xonalar soni 12 ta bo‘lib, bir vaqtning o‘zida sportning mini futbol (basketbol yoki voleybol), yugurish, bodibilding (fitnes) va kurash kabi turlari bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati mavjud.

▶️Shuningdek, mazkur sport inshootida o‘tkaziladigan sport musobaqalarini youtube internet tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya qilish imkoniyati ham yaratilgan.

❤️ https://t.me/tuituz_official