"Zakovat" turniri 28-aprel kuni o'tkazildi

  • Asosiy
  • "Zakovat" turniri 28-aprel kuni o'tkazildi
"Zakovat" turnirining navbatdagi bosqichi 28-aprel kuni o'tkazildi.
 
"Zakovat" turniri 28-aprel kuni o'tkazildi
 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati hamda universitet "Kamolot" YoIH BT, uning qoshidagi "Zakovat" klubining birgalikdagi sayi-harakatlari tufayli ushbu turnir tashkil etildi hamda ko'tarinki ruhda o'tkazildi. 
 
Ma'naviy - axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha prorektor Umarov Xayrulla Payzullayevich tadbirni ochib berishda ishtirok etdilar. Ulardan so'ng "Kamolot" YoIH universitet BT yetakchisi Alimdjanov Xayot Farxadovich va uning qoshidagi "Zakovat" klubi rahbari Yusupov Xurshid ochilish marosimida nutq so'zlashdi.
 
Ushbu turnirda universitetimizning barcha fakultetlaridan bir nechta jamoalar ishtirok etishdi. Ular:
Admiral, C++, Lochin ("Kompyuter injiniringi" fakulteti)
Burgut, Dasturchilar ("Dasturiy injiniring" fakulteti)
Intellekt, Perfekt ("Televizion texnologiyalar" fakulteti)
Patriot, Shedevr, Telekom ("Telekommunikatsiya texnologiyalari" fakulteti)
Shiddat, Yangi jamoa ("AKT sohasida kasb ta'limi" fakulteti)
Status, Yosh iqtisodchilar ("AKT sohasida iqtisodiyot va menejment" fakulteti)
Turnirda shuningdek TATU qoshidagi maxsus fakultetdan Xarbiylar jamoasi hamda "Kamolot" YoIH universitet BT kengashi a'zolaridan tuzilgan terma jamoa ham ishtirok etishdi.
 
O'yin qiziqarli bo'ldi va qizg'in bo'lib o'tdi. G'olib bo'lgan jamoalar rag'batlantirildi.
"Zakovat" turniri 28-aprel kuni o'tkazildi
 
"Kamolot" YoIH BT matbuot yo'nalishi