Yurtimizda “Computer Vision AI Challenge” hakatoni bo‘lib o‘tadi

  • Asosiy
  • Yurtimizda “Computer Vision AI Challenge” hakatoni bo‘lib o‘tadi

Yurtimizda “Computer Vision AI Challenge” hakatoni bo‘lib o‘tadi

“Computer Vision AI Challenge” hakatoni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT Park, shuningdek, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Tadbir Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi. Tanlov shartlari bo‘yicha ishtirokchilar “computer vision” texnologiyasi asosida raqamli mahsulot yaratishlari lozim.

Shoshiling Hakatonda ishtirok etish uchun arizalar 20-iyunga qadar qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/41Szvx2V7cXhffeF8