YUNESKO tomonidan tashkil etilgan xalqaro yetakchilik dasturining ikkinchi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!

  • Asosiy
  • YUNESKO tomonidan tashkil etilgan xalqaro yetakchilik dasturining ikkinchi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!

Sun’iy intellekt davrida insoniy aloqalar va muloqot” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro dastur sun’iy intellekt rivojlanayotgan davrda yoshlarning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish hamda global hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Dastur doirasida ishtirokchilar:
🔹 insonlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash;
🔹 samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🔹 madaniyatlararo hamkorlikni kengaytirish;
🔹 xalqaro yetakchilik kompetensiyalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faol, tashabbuskor hamda ingliz tilini yaxshi biladigan talaba-yoshlari mazkur dasturda ishtirok etishga taklif etiladi.

Arizalarni topshirish muddati: 2026-yil 19-iyul

Ariza ingliz tilida onlayn topshiriladi.
Ariza topshirish
Batafsil ma’lumot