TATU professori “Yosh olim” respublika tanlovi sovrindori

  • Asosiy
  • TATU professori “Yosh olim” respublika tanlovi sovrindori

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan “Yosh olim” respublika tanlovida TATUning Audiovizual texnologiyalar kafedrasining yosh professori Beknazarova Saida Safibullayevna ishtirok etib, Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.

S.Beknazarovani erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi ilmiy faoliyatida omadlar tilab qolamiz!