“Yoshlarning 100 ta eng ilg‘or loyihalari” mavzusida tanlov tashkil etdi.

  • Asosiy
  • “Yoshlarning 100 ta eng ilg‘or loyihalari” mavzusida tanlov tashkil etdi.

E’LON!!!

✅O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kreativ, erkin va ijodiy fikrlaydigan yangi innovatsion loyihalari mavjud bo‘lsada, boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmagan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida talaba-yoshlar uchun “Yoshlarning 100 ta eng ilg‘or loyihalari” mavzusida tanlov tashkil etdi.

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olayotgan talabalarga ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh tashabbuskorlarning biznes-rejalarini va boshqa tegishli hujjatlarini qabul qilish muddati 2022-yil 15-yanvardan 15-fevralgacha ekanligini ma’lum qilamiz.

✅Tanlov dasturida ishtirok etish uchun arizalar fursatloyiha.uz platformasi orqali topshiriladi.

👉Qo‘shimcha va batafsil ma’lumotlarni: fursatloyiha.uz platformasidan olishingiz mumkin.