YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI AMALDA

  • Asosiy
  • YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI AMALDA

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarimizni vatanparvalik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyat va an’analarimizga nisbatan hurmatni yanada kuchaytirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish va Muhtaram prezidentimizning 5 ta tashabbusining to‘rtinchi tashabbusi doirasida qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu nuqtai nazardan, AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti dekani K.Igamberdiyev tashabbusi bilan Yunusobod tumani G‘ayratiy mahallasiga 130 dan ortiq turli mavzulardagi kitoblar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida AKT sohasida kasb ta’limi dekani bugungi kunda yurt boshimiz tomonidan mahalla yoshlarining ta’lim olishiga bo‘lgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib, kitob – ma’naviyatni yuksaltiruvchi bebaho xazina ekanligi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarimizni muntazam ravishda kutubxonalarga a’zo bo‘lishlari zarurligi, bu esa ertangi buyuk kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

ТАТУ матбуот хизмати