5 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Janubiy Koreyaning Shin Xan universiteti o‘rtasida tuzilgan Memorandumga asosan, hamkorlikda ilk marotaba “Yoshlar festivali” tashkil etildi.
Festivalda ishtirok etgan talaba-yoshlar K-POP, Milliy va zamonaviy raqs hamda modellar va milliy liboslar namoyishi yo‘nalishlarida o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.
Ishtirokchi jamoalar universitet rahbariyati tomonidan sertifikat va Shin Xan universitetining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni olgan ishtirokchilar esa ma’lum imtiyozlar asosida Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan tanlovning keyingi bosqichiga taklif etildi.