Yoshlar uchun yangi ko‘krak nishoni tashkil etildi!

  • Asosiy
  • Yoshlar uchun yangi ko‘krak nishoni tashkil etildi!

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 68-son qarori bilan yangi mukofot — “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Ko‘krak nishoni Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasi, innovatsion tashabbuslari va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan ajralib turgan fuqarolarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Chet el fuqarolari ham taqdirlanishi mumkin.

Saralash har yili mart-may oylarida amalga oshiriladi. Bunda:

➖ 1-martgacha — nomzodlar bo‘yicha taqdimnomalar kiritiladi
➖ 25-martgacha — ishchi guruh xulosasi tayyorlanadi
➖ 20-maygacha — Respublika komissiyasi taqdirlash bo‘yicha qaror qabul qiladi.