Yoshlar uchun katta xushxabar: “TOP-100” kitobxonlik tanloviga start berildi!
Umumiy sovrin miqdori 1.000.000.000 soʻm boʻlgan kitobxonlik tanloviga bugun Toshkent shahrining Yoshlar ijod saroyi binosida rasman start berildi.
“Top-100 kitobxon” - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori asosida tashkil etilgan respublika tanlovi.
Tanlovdan maqsad - yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, eng ko‘p va sifatli kitob o‘qigan o‘quvchi va talabalarni aniqlash va rag‘batlantirish.
••• Tez orada tanlov haqida batafsil ma’lumotlar taqdim qilamiz.
Mutolaa ilovasini yuklab oling