“Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi” tanloviga arizalar qabuli boshlandi

  • Asosiy
  • “Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi” tanloviga arizalar qabuli boshlandi

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan “Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi” tanlovining ikkinchi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlanganligi ma’lum qilindi.

Joriy yilgi dastur “Sun’iy intellekt davrida insoniy aloqalar va muloqot” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanayotgan sharoitda insonlar o‘rtasidagi ishonch, samarali muloqot va madaniyatlararo hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Dastur yoshlarning xalqaro yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, turli madaniyat vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni kuchaytirish hamda tinchlik va hamjihatlikni targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faol, tashabbuskor va ingliz tilini yaxshi biladigan talaba-yoshlari mazkur xalqaro dasturda ishtirok etishga taklif etiladi.

Arizalarni topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 19-iyul.

Arizalar ingliz tilida onlayn ravishda quyidagi havola orqali topshiriladi:

Ariza topshirish:
https://surveys.unesco.org/171854?lang=en

Dastur haqida batafsil ma’lumot:
https://www.unesco.org/en/interculturaldialogue/youthforpeace?hub=181405