Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Yoshlar o‘rtasida odam savdosi jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashish" mavzusida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi A.Shukurov, Toshkent IIBB Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili Z.Abdurahmonov va Toshkent shahar tumanlararo teri tanosil kasalliklari dispanseri shifokori V.Baratovalar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidlab o‘tdilar.
So‘zga chiqqan ma’ruzachilar talabalarga jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda eng muhim jihatlari haqida tushuntirishlar olib bordi.