Ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish va barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. 2013 yilning sentyabr oyida "Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan virus keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganligi ham ushbu ustuvor vazifani amalga oshirishdagi eng muhim omillardan biridir. Shu munosabat bilan, TATUda 22 sentyabr kuni Respublika OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda "OIV – infeksiyasi va uning oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda markaz xodimi Dilnoza Qoraboyeva ma’ruza qildi.