Yoshlar kuni munosabati bilan talablarni bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Yoshlar kuni munosabati bilan talablarni bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Yoshlar kuni munosabati bilan talablarni bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati hamda DSR Corparation vakillari ishtirokida haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" munosabati bilan bitiruvchi talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👥 Uchrashuvda bitiruvchi talabalar bilan ochiq va erkin muloqot tashkil etilib, bugungi kunda ularning bandligini ta’minlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar atroflicha yoritildi. Xususan, mehnat bozoridagi zamonaviy talablar, ish topishning zamonaviy yo‘llari, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish yo‘llari, intervyuga qanday tayyorlanish kerakligi, professional rezyume tuzish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda ishga qabul qilish jarayoni bosqichlari va mavjud ish o‘rinlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Mazkur tadbir bitiruvchi talabalar uchun katta amaliy ahamiyat kasb etib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi. Uchrashuv orqali talabalar mehnat bozorining real talablari, ishga joylashishning samarali mexanizmlari hamda zamonaviy kasblarga moslashish yo‘llari haqida muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

💬 Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, batafsil va atroflicha javoblar oldilar.