

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan universitetning faol va iqtidorli talabalari munosib taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Toshkent shahar prokurori A.Urmanov hamda Yunusobod tumani hokimi A.R.Saidaliyev tomonidan o‘qishda yuqori natijalarga erishgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan hamda ilmiy va ijodiy yutuqlari bilan ajralib turgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, tashabbuskorligi va ijtimoiy faolligi alohida ta’kidlanib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.