“Yosh ixtirochilar” Diqqatiga!!!

  • Asosiy
  • “Yosh ixtirochilar” Diqqatiga!!!

2019-yil 17-yanvar kuni Toshkent politexnika muzeyida "Yosh ixtirochilar kuni”ga bagʻishlab, iqtidorli yoshlarning aqliy qobiliyatlarini qoʻllab quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida koʻrgazma tashkil qilinmoqda. Koʻrgazmada 23 yoshdan oshmagan talabalar oʻz qoʻllari bilan yaratgan ixtirolari, gʻoyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun 2018-yil 1-dekabrdan 31-dekabr sanasiga qadar universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi yoki Toshkent politexnika muzeyiga murojaat etish lozim. Koʻrgazmada oʻz ixtiro va gʻoyalaringiz bilan ishtirok etib, salohiyatingizni munosib baholash imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon : 238-65-40, (71)232-34-30.