Yosh analitiklar klubiga marhamat! O‘zini zukko deb hisoblagan talabalar diqqatiga!

  • Asosiy
  • Yosh analitiklar klubiga marhamat! O‘zini zukko deb hisoblagan talabalar diqqatiga!

2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida qoshida “Yosh analitiklar klubi” tashkil qilingan bo‘lib, unda iqtidorli, zukko, faol va vatanparvar yoshlar qamrab olingan.

Klub faoliyatining asosiy maqsadi: faol yoshlarni Vatanni sevish va uning rivoji yo‘lida xizmat qilishdek ezgu ishda birlashtirish, ularni o‘rnak qilgan holda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, millatparvarlik va o‘z tug‘ilib o‘sgan joyini sevishga o‘rgatishdan iboratdir.

Yosh analitiklar klubida yoshlar o’zlarining kreativ g’oyalarini to’g’ridan to’g’ri taqdim qila oladilar. Bu klub yoshlarni tinglaydi, qo’llab-quvvatlaydi. Bu orqali yoshlar Vatanga bo’lgan muhabbatini namoyon etishlari, davlatimiz rivojlanishida o’z hissalarini qo’shishlari mumkin. Eng yaxshi hamda faol yoshlar O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan taqdirlanadilar.

Bugungi kunda “Yosh analitiklar klubi”da Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 13 nafar talabalari ham faoliyat yuritmoqda.

Biz o‘zini zukko va iqtidorli deb hisoblagan talabalarni “Yosh analitiklar klubi”ga taklif etamiz.

Murojaat uchun telefon: (97) 726-20-77; Xurshid Yusupov