✨Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va rag‘batlantirish.
1️⃣"Annotatsiya mahorati" sharti. 📝
Bunda, ishtirokchi tomonidan "Men yoqtirgan asar" nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar – annotatsiya beriladi.
2️⃣ "Eng bilimdon kitobxon" sharti (savol-javob shaklida).📖
Bunda, tanlov ishtirokchilari o‘rtasida test (30 ta savol) o‘tkaziladi.
🎁G‘olib boʻlgan talaba-yoshlar diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.🎗
⚡️Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar joriy yilning 7-aprel kuniga qadar fakultetingizning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.