5–6-aprel kunlari Urganch shahrida REVO DAY 2025 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan REVO CUP musobaqasi esa yosh dasturchilar va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar uchun haqiqiy mahorat sinoviga aylandi.

  • Asosiy
  • 5–6-aprel kunlari Urganch shahrida REVO DAY 2025 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan REVO CUP musobaqasi esa yosh dasturchilar va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar uchun haqiqiy mahorat sinoviga aylandi.

Bu musobaqada universitetimiz vakillari ham faol ishtirok etib, o‘z salohiyatini namoyon etdi. Ayniqsa, tayanch doktorantimiz Hojiyev Sunatullo Sport dasturlash yo'nalishida, KIF fakulteti talabasi Umirzoqov Quvonchbek Kiberxavfsizlik CTF yo'nalishlarida 1-o‘rinni egallagani — bu nafaqat shaxsiy g‘alaba, balki universitetimizning salohiyati yuksak darajada ekanining yana bir dalilidir.

🎉 Bunday tadbirlarda talabalarimiz va yosh olimlarimizning faol ishtiroki — bu kelajakdagi yutuqlarga mustahkam poydevordir. Universitet jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz

✈️@tuituz_official