"TATU talabalari" teatr studiyasi ijodkorlari tomonidan "Yonimizdagi farishtalar" nomli spektakli namoyishi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • "TATU talabalari" teatr studiyasi ijodkorlari tomonidan "Yonimizdagi farishtalar" nomli spektakli namoyishi bo'lib o'tdi.

Bugun, 16-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Katta majlislar zalida ilk bor "TATU talabalari" teatr studiyasi ijodkorlari tomonidan "Yonimizdagi farishtalar" nomli spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilganlar spektaklni maroq bilan tomosha qildilar. Har bir talaba o‘z rolini maromiga yetkazib ijro etdi. Spektakl mavzusining to‘g‘ri tanlanganligi, dolzarbligi, talabalarning professional san’atkorlar kabi mohirona ijrosi, ularning iqtidori barchada katta taassurot uyg‘otdi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, kasallikka qarshi mardona kurashayotgan fidoyi shifokorlarimizga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.

✅Jamoaning kelgusidagi ijodiga yuksak parvozlar tilab qolamiz.