🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hududida “Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaxarlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
✅Toshkent shahar Yunusobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Askar Kenjaqulov so‘zga chiqib, bugungi kunda Respublikamiz hududida sodir bo‘layotgan Favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari kichkina e’tiborsizlik sababli butun boshli yashash binolari yoki ishlab chiqarish zonalari bir zumda yonib kul bo‘layotganligi, so‘ngi yillarda yong‘inlar va is gazidan zaxarlanish ko‘payib borayotganligi, buning oqibatida insonlar turli darajada tan jarohat olib hayotlari uchun xavfli holatlarga tushib qolayotganliklari haqida gapirib o‘tdilar.
✅Professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarga Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaxarlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.