Yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda talabalarni to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish va is gazidan zaxarlanishni oldini olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yong‘inlar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to‘g‘risida” 2017 yil 2 sentyabrdagi 688-sonli qarori 5-bandida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 14 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida “Yong‘in xavfsizligi asoslari” nomli maxsus kursni joriy qilish to‘g‘risida”gi 909-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Talabalarni yong‘in sodir bo‘lishidan kelib chikadigan Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish va uning oldini olish bo‘yicha 2018 yil 27 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda talabalarni to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish va is gazidan zaxarlanishni oldini olish” nomli davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbati Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Fuqoro va Mehnat muhofazasi” bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan Universitetida barcha fakultetlaridagi talabalarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari auditoriyalarda o‘tkazilmoqda. Davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad fuqarolarda yong‘inga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirish va yong‘in vaqtida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llash to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.