Yodda saqlang Navoiyni

  • Asosiy
  • Yodda saqlang Navoiyni

2016 yil 9 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta majlislar zalida o‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchilari rahbarligida buyuk o‘zbek shoiri, faylasufi va davlat arbobi Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning ijodkor talabalari tomonidan buyuk shoir asarlari bo‘yicha sahna ko‘rinishlar hamda ko‘shiklar taqdim etildi.