TATUning Qarshi filiali talabasi “Yilning eng tashabbuskor talabasi” deb topildi!

  • Asosiy
  • TATUning Qarshi filiali talabasi “Yilning eng tashabbuskor talabasi” deb topildi!

Avval ma'lum qilganimizdek, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va vazirlik huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tomonidan tashkil etilgan “Yil talabasi” respublika tanlovining gʻolib va sovrindorlarini taqdirlashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. 

“Yilning eng tashabbuskor talabasi” nominatsiyasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali talabasi Sardor Berdiyev birinchi oʻringa sazovor boʻldi.



Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, "Yil talabasi” tanlovidan koʻzlangan asosiy maqsad ham yoshlarni yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan yanada unumli va oqilona foydalanishga chorlash, yurt, jamiyat oldidagi burch va masʼuliyatini yanada kuchaytirish, iqtidorli talabalarni aniqlashdan iborat. Loyiha davomida yoshlarning intizomi, bilimi, fanlarni oʻzlashtirishi, izlanish va intilishlariga alohida eʼtibor qaratildi.