Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g‘olib chiqqan jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Musobaqada mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining 202 ta talaba jamoasi ishtirok etdi.
🥈TATUning “Don’t Panic” jamoasi (Miroqilov Davlatbek, Ma’rufjonov Azizbek, Rahmatillayev Shohruh) 2-o‘rinni egallab, NERC final bosqichiga yo‘llanma, iPhone mobil qurilmasi, 12 million so‘mlik pul mukofoti va medallar bilan taqdirlandi!
💰Shuningdek, “Tomorrow’s Problem” jamoasi (Muhammadmirzo Tursunov, Nurbaxsh Avezmurodov, Raxima Uteshova) 7 ta masalani muvaffaqiyatli yechib, pul mukofoti va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
✅Bundan tashqari, “Binary Legends” (Ozodbek Dalaboyev, Ma’murjon Mirzapo‘latov, Shahnozabonu Sherqoziyeva), “BinaryBrothers” (Azimjon Faxretdinov, Sardor Marufov, Zohidullokhon Bashirkhonov) hamda “Infinitives” (Akmal Abduraimov, Asadbek Sotiboldiyev, Akbar Jorayev) jamoalari 4 tadan ortiq masalalarni yechib, musobaqada faol ishtirok etishdi.
👨🏫TATU terma jamoalariga S. Hojiyev, Z. Qodirov va S. Abdukarimov murabbiylik qilib kelmoqda.
👉Natijalar bilan tanishish: contest.yandex.ru/contest/84297/standings
👏Jamoalarimizga 2025-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan NERC final bosqichida zafarlar tilaymiz!






