
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Sharja universiteti, Sharja Amerika universiteti, Al-Qosimia universiteti bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
🇦🇪 Bugun, 13-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Al-Qosimia universiteti rektori Prof. Dr.Awad Al-Khalaf va Xalqaro aloqalar va talabalarni ishga qabul qilish boshqarmasi direktori Dr.Zakaria Nuhu tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida muassasalarimiz o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi kelishildi.
🟢 Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalari, talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida ishlash, ilmiy maqolalar chop etish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.