Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida o‘tkazilgan “GPBL – Data Science” dasturida TATU talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, Institut prezidenti tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

  • Asosiy
  • Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida o‘tkazilgan “GPBL – Data Science” dasturida TATU talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, Institut prezidenti tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Dasturda dunyoning 8 mamlakatidan kelgan talabalardan iborat jamoalar qatnashdi. Unda ishtirokchilar Ma’lumotlar ilmi va Big Data yo‘nalishida ishlab chiqarish jarayonlariga oid muammolarni o‘rgandilar va ularning yechimlarini taqdimotlar orqali namoyish etdilar.

🏆E’tiborlisi shundaki, dastur yakunida 10 ta guruh orasida eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-3 guruhning barchasida TATU talabalari ishtirok etishdi!

👏Bu yutuq TATU talabalari bilim va salohiyatining yana bir yorqin isboti bo‘ldi.