Yaponiyalik mutaxassislardan sun’iy intellektni bepul o‘rganing!

  • Asosiy
  • Yaponiyalik mutaxassislardan sun’iy intellektni bepul o‘rganing!

✅Tokio universitetining “Matsuo-Iwasawa” laboratoriyasi tomonidan sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish (ML) va data science asoslarini o‘rgatishga qaratilgan onlayn ta’lim dasturiga start berilmoqda.

✅Dastur mutlaqo bepul bo‘lib, 14 ta onlayn mashg‘ulotdan iborat. Darslar ingliz tilida “Matsuo-Iwasawa” laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Ishtirokchilar dastur davomida sun’iy intellekt va ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

➡️Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va dasturda ishtirok etish uchun ariza qoldiring.

⚡️Arizalar joriy yilning 10-sentabriga qadar qabul qilinadi.