Yaponiyada magistratura: tanlov e’lon qilindi

  • Asosiy
  • Yaponiyada magistratura: tanlov e’lon qilindi

Kyushi institute of technology (Yaponiya) oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish istagida bo‘lganlar uchun tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan tashkil etiladi. O‘qish xarajatlari Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

Kimlar ishtirok eta oladi❔
• O‘zbekiston fuqarolari;
• Yoshi 35 yoshdan oshmagan;
• Muhandislik, aniq fanlar yoki axborot texnologiyalari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar.

🔂Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1. Hujjatlar saralash (15–30-aprel);
2. Suhbat va insho asosida baholash (may);
3. Institut tomonidan yakuniy tanlov (iyul).

Eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar nomzod yakuniy bosqichga yo‘llanadi. Institut esa ulardan 7 nafarini o‘qishga qabul qiladi.

⭐️ O‘qish qachon boshlanadi?
1-oktabr, 2025-yil.

⛓ Tanlovda ishtirok etish uchun batafsil ma’lumot va anketani quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:
Havola

✈️@tuituz_official