O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi 25-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda “Yangi yil sarguzashtlari” nomli bayram tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Jismoniy madaniyat va gumanitar fanlar" kafedrasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti "Psixologiya va sotsiologiya" kafedrasi "Ijtimoiy ish" yo‘nalishi hamkorligida tashkil etilib, bolalarga bayramona kayfiyat, samimiy quvonch va unutilmas lahzalarni ulashdi.
Bayram davomida bolajonlar uchun ertakona sahna ko‘rinishlari, quvnoq o‘yinlar, musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ularning yuzida chinakam bayramona tabassum paydo bo‘ldi.
Bu kabi tashabbuslar bolalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.
