Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga bayramona shukuh bagʻishlash maqsadida Yangi yil bayrami tadbiri tashkil etildi.
🎉 Ushbu tadbir bayramona ko'rinishga keltirilgan 3-Talabalar turar joyida chiroyli bezatilgan dasturxonga milliy taomlarimiz tortilib, shoʻx-shodon qoʻshiqlar sadosida, “Ashula va raqs” ansambli chiqishlari bilan koʻtarinki ruhda bo'lib oʻtdi.
🎁Tadbir soʻngida barchaga yangi yil sovgʻalari berildi.