Joriy yilning 20-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tumani hokimiyati bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari D.Raximova, Yunusobod tumani hokimi J.Ibroximov, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv tadbirini oʻtkazishdan maqsad – 2020-yil 25-dekabr sanasida Hurmatli Prezidentimizning muxtasham Humo arenasida Oʻzbekiston yoshlari forumiga tashriflari, 2020-yil 29-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomalari, 2021-yil 15-yanvar kuni Yunusobod tumaniga tashriflari davomida bildirilgan fikrlar va belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, ularni hayotga tadbiq etish, yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglash, ularga masʼul rahbarlar boshchiligida yechim topishdan iborat boʻldi.
Uchrashuv davomida Yunusobod tumani hokimi J.Ibroximov va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari D.Raximovalar soʻzga chiqdilar. Shundan soʻng, mahalla faollari va yoshlarning muammo va takliflari tinglandi. Bildirilgan muammolarni joyida hal etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Tadbir soʻngida taniqli qiziqchi Valijon Shamsiyev va bir qator taniqli xonandalarning chiqishlari yigʻilganlarga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.
TATU matbuot xizmati