Joriy yilning 9-noyabr kuni Respublika ishchi guruhi tomonidan Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Yangi Oʻzbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etildi.
Mazkur seminar-trening Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosarlari S.Salayev, J.Sadullayevlar, TATU rektori S.Babaxodjayev, UrDU rektori B.Abdullayev, TDSHU professori J.Shabanov hamda TDYUU professori O.Narzullayevlar tomonidan olib borilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishning uslubiy masalalari tahlil qilindi.
Seminar-trening mashgʻulotlarida oliy taʼlim muassasalari rektorlari, prorektor, dekan, kafedra mudirlari, shahar va tumanlar hokim oʻrinbosarlari, bir qator korxona va tashkilot vakillari hamda targʻibotchi professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
TATU matbuot xizmati