Yangi O’zbekiston – yangi saylovlar.

  • Asosiy
  • Yangi O’zbekiston – yangi saylovlar.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini demokratik, tashqi dunyo uchun shaffoflik, ochiq va adolat mezonlari asosida tashkillashtirishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Shu asnoda Prezident saylovi sifatli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida TATU rektori, prorektorlari va dekanlari joriy yilning 9-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga biriktirilgan Toshkent shahar Bektemir tumanidagi saylov uchastkalarni ko‘zdan kechirib, mahalla turmush darajasini oshirishga qaratilgan samarali ishlarni roʻyobga chiqarish, mahalla aholining konstitutsiyaviy saylov huquqlarini qatʼiy ravishda demokratik adolat, oshkoralik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida saylovlarda erkin ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha Bektemir tuman hokimiyati bilan saylovda belgilangan vazifalarni muhokama qildilar.