7-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligiga bagʻishlab, “Yangi Oʻzbekiston va barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti B.Boboyorov maʼruza qildi.