“Yangi nafas” yugurish marafoni start oldi
Bugun poytaxtimizning markaziy ko'chalarida “Mustaqillikning 32 yilligi”ga bagʻishlangan respublikamizning 16 ta shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur o‘ziga xos aksiyada 86 ta oliy ta’lim muassasasining 31 mingdan ortiq talaba-yoshlar qatnashmoqda.
Toshkent shahrining “Humo Arena” muz saroyi hududida o‘tkazilayotgan tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ham faol qatnashib finishga yetakchilar qatorida yetib kelishdi hamda sertifikat va medallarga ega bo'lishdi.