Yangi loyiha: Jurnalistlar klubi tashkil etiladi!

  • Asosiy
  • Yangi loyiha: Jurnalistlar klubi tashkil etiladi!

Yangi loyiha: Jurnalistlar klubi tashkil etiladi!

🔹Siz jurnalistikaga qiziqasiz-u, faoliyatingizni qanday boshlashni bilmayapsizmi?
🔹Turli xildagi intervyu, ko‘rsatuvlar tayyorlashni xohlaysizmi?
🔹Jurnalistika bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etib, o‘z bilimlaringizni yanada oshirmoqchimisiz?
Unda Sizni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi  Matbuot va media laboratoriya bo‘limi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan “Jurnalistlar klubi”ga taklif qilamiz.
Qaysi yo‘nalishda o‘qishingizni ahamiyati yo‘q, muhimi qiziqish bo‘lsa yetarli.

Klubga a’zo bo‘lish orqali siz:
↪️ushbu soha bo‘yicha o‘z bilimlaringizni turli amaliy topshiriqlarni bajarish orqali yanada mustahkamlab borasiz;
↪️mashhur jurnalistlar va blogerlarning master klasslarida ishtirok etib tajriba oshirasiz;
↪️amaliy topshiriqlarni bajarish hamda darslarda ishtirok etish orqali klubning maxsus guvohnomasiga ega bo‘lasiz.

✔️Agar siz ham “Jurnalistlar klubi”ga a’zo bo‘lish istagida bo‘lsangiz, 25-yanvar kuni soat 15:00 da Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskani binosida dastlabki uchrashuvimizda kutib qolamiz.

📍Manzil lokatsiyasini ko‘rish (https://t.me/manaviyateduuz_chat/65496)

P.S.: Ushbu klub hozircha faqat Toshkent shahrida sinov tariqasida faoliyat olib boradi, keyinchalik boshqa viloyatlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi guruhga qo‘shiling.
➡️ https://t.me/jurnalistlarklubi