«Yangi g‘oya. Investitsiya. Innovatsiya» tanlovi

  • Asosiy
  • «Yangi g‘oya. Investitsiya. Innovatsiya» tanlovi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba va magistrlarning «Yangi g‘oya. Investitsiya. Innovatsiya» tanlovini elon qiladi. Tanlov universitetda ta’lim olayotgan talaba va magistrlarning innovatsion faolligini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash maqsadida 2016 yilda yangi innovatsion g‘oyalar-loyihalar asosida ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar taklif etilishi mumkin:

·Axborot texnologiyalari va dasturiy maxsulotlar.

·Telekommunikatsiya tizimlari, qurilmalari va ularniboshqarish muammolari.

·Zamonaviy televizion texnologiyalar.

·Oliy ta’limdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar.

·Aloqa va axborotlashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish va uning iqtisodiy masalalari.

Tanlovga tegishli barcha zarur ma’lumotlar, loyihalarni rasmiylashtirish tartibi va asosiy qoidalar bilan TATUning ilmiy- tadqiqot bo‘limida tanishish mumkin ( http://tuit.uz/itb.html) Tel: 2386455, 2386439

Tanlovda qatnashish uchun loyihalar tegishli fakultet dekanatlari orqali taqdim etiladi.loyihalar 2016 yilning 25 yanvargacha qabul qilinadi.