Yandex Cup: mukofot jamg'armasi 130 000 dollardan ortiq bo'lgan dasturlash bo'yicha xalqaro chempionat

  • Asosiy
  • Yandex Cup: mukofot jamg'armasi 130 000 dollardan ortiq bo'lgan dasturlash bo'yicha xalqaro chempionat

Dasturchilar uchun yettinchi chempionatda o‘z mahoratingizni sinab ko‘ring va eng yaxshilarning eng yaxshisi unvoni uchun kurashing. Chempionat uchun vazifalar tajribali Yandex xodimlari tomonidan yaratilgan va keng ko‘lamli ilovalarni ishlab chiquvchilar duch keladigan haqiqiy, kundalik vazifalarga asoslangan.

O‘tgan yili tanlovga 70 mamlakatdagi dasturchilardan 16 000 ta ariza kelib tushgan.  Bu yil mukofot jamg‘armasi ~ 130 000 dollarni tashkil qiladi.

Hammasi bo‘lib oltita yo‘nalish bo‘ladi:
• algoritm
• tahlil
• backend
• mobil ilova ishlab chiqish
• foydalanuvchi interfeysi
• ML

Aksariyat yo‘nalishlar bo‘yicha final Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi va 20-oktabrda yopiladi. Shoshiling va tanlovda ishtirok eting!