Yana bir yirik natija! TATU talabasi — xalqaro Yandex Cup 2025 g‘olibi!

  • Asosiy
  • Yana bir yirik natija! TATU talabasi — xalqaro Yandex Cup 2025 g‘olibi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-bosqich talabasi Akobirjon Abdug‘aniyev Istanbul shahrida o‘tkazilgan “Yandex Cup 2025” nufuzli xalqaro dasturlash musobaqasida backend yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi!

🌍 Dunyoning 90 ga yaqin mamlakatidan 20 mingdan ortiq ishtirokchi, final bosqichida esa 21 davlatdan 196 nafar kuchli dasturchi qatnashgan ushbu chempionatda Akobirjon o‘zining bilim, mantiqiy fikrlash va muhandislik salohiyati bilan eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

G‘oliblik uchun 500 000 rubl miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ldi.

🇺🇿 Bu kabi yutuqlar — yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan izchil va ijobiy islohotlar hamda IT sohasiga berilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol samarasidir. Katta maqsadlar sari dadil intilayotgan TATU talabalari bugun nafaqat respublika, balki xalqaro maydonda ham munosib natijalar qayd etmoqda.

🎉 Yoshlarimizga yangi zafarlar, ulkan marralar va kelgusidagi faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!