YANA BIR XALQARO G‘ALABA!

  • Asosiy
  • YANA BIR XALQARO G‘ALABA!

 



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari xalqaro maydonda navbatdagi tarixiy natijani qayd etdilar.

Xitoyning Shenzhen shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition 2026 Global Final musobaqasida TATU talabalari tarkibidagi O‘zbekiston terma jamoasi yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

Network Track (Tarmoq texnologiyalari) yo‘nalishida Azamat Qodirov boshchiligidagi TATU talabalari jamoasi (Jo‘ramirzayev Islomjon Adhamjon o‘g‘li, Boborajabov Muhammad Sodiq Davlatboyevich) barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Cloud Track (Bulutli hisoblash) yo‘nalishida esa O‘zbekiston jamoasi tarkibida TATU vakili Hafizov Shukrullo Fayzullo o‘g‘li ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan barcha bosqichlarda 220 mingdan ziyod ishtirokchilar qatnashgan nufuzli musobaqada talabalarimiz networking yo‘nalishida dunyoning eng kuchli jamoasi ekanligini isbotladilar.

Ushbu yutuq TATU va butun O‘zbekiston IT ta’limi salohiyatining xalqaro miqyosdagi yana bir yorqin e’tirofidir.

Talabalarimiz, ularning ustozlari va murabbiylarini ushbu ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! TATU talabalari dunyo sahnasida yana bir bor O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tardilar.