
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida adabiyotining atoqli vakilasi, o‘zbek ayolining siymosi bo‘lmish Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab ijodkor talaba-qizlar ishtirokida "Zulfiyaxonim izdoshlari" mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🌿Tadbir davomida fakultet talabalari tomonidan shoira ijodi asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, Zulfiya hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shoiraning bahor va muhabbat ruhini tarannum etuvchi she’rlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim 1915-yil 1-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shoiraning xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Falak”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur.