“Xotiram siniqlari” (Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir)

  • Asosiy
  • “Xotiram siniqlari” (Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir)
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti "Informatika asoslari” kafedrasi o‘qituvchilari ishtirokida Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953 yilgacha «Saodat» jurnalida bo‘lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan shoira Zulfiya 1997 yilning 1 avgustida vafot etgan.

Shu bilan birga tadbirda Zulfiyahonim ijodiga mansub she’rlar bilan o‘rtoqlashildi. Xususan o‘qituvchi-assistant Xo‘jamurodova Madina ishtirokida "Yulduz” va "O‘rik gullaganda” nomli she’rlari o‘qib eshittirildi.

 

“Xotiram siniqlari” (Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir)

 


YULDUZ

Uyda bo‘g‘ildimu chiqdim eshikka,

Yer ustiga cho‘kkan oqshomgi tuman,

Go‘yo ko‘zlarimga boqqanday tikka

Yashnardi bir yulduz xuddi sensimon.

 

Xuddi senday uzoq va senday yorqin,

Avji chaqnaganda so‘nadi u ham,

Bir yupanch: sevgimning osmonidan

O‘chmasdan yonasan, ey go‘zal hamdam!