TATUda “Xotira” darsi

  • Asosiy
  • TATUda “Xotira” darsi
4 sentyabr kuni TATU katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlangan “Xotira” darsi tashkil etildi. “Xotira darsi”da O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari Alisher Nasibullaevich Fayzullaev, universitet rektori Utkir Raxmatullaevich Xamdamov, universitet professor-o’qituvchilari va 400 nafar 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdilar.

“Xotira darsi” davomida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning Vatanimizni, xalqimizni sobiq sho’ro mustamlakaligidan ozod qilish, millatimizning azaliy qadriyatlarini tiklash, yoshlarimizning hech kimdan kam bo’lmay barkamol avlod bo’lib voyaga yetishlari uchun tarixiy rol o’ynaganligi, butun dunyoda tan olingan rivojlanishning “O’zbek modeli” asosida mamlakatimizni misli ko’rilmagan yuksalish darajalariga olib chiqqanligi, mamlakatimiz o’z mustaqilligining 25 yili davomida dunyoda o’z nomi, o’rni va maqomiga ega bo’lganligi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda erishilgan ulkan yutuqlarining xayotbaxsh manbai bo’lgan mustaqillikning xalqimiz, mamlakatimiz tarixidagi beqiyos mazmun-mohiyati va ahamiyati talaba-yoshlarga tushuntirib berildi.