Ayyomingiz muborak, aziz ayollar!

7 mart kuni TATU katta majlislar zalida “8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektori T.Teshabayev barcha ayol professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-qizlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbirda 36 nafar ayol professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli yoshlari musiqali chiqishlari namoyish etildi.