Joriy yilning, 13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, xorijiy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli” mavzusidagi xalqaro forum oʻtkazildi.
Forumdan asosiy maqsad mamlakatimizda xotin-qizlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarning natijalarini muhokama qilish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish va hayotga tadbiq etishlarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilasi va jamiyatda hamda ilmiy-ijodiy faoliyatida erishayotgan yutuqlarini ibrat sifatida koʻrsatish orqali qizlarni ilmli boʻlishga undash, zamonaviy kasblarni egallashga targʻib qilishdan iborat.
Shuningdek, tadbirda ZOOM platformasi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, hududiy oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, olima va tadqiqotchi ayollar qatnashadilar. Forumda universitet olimalari faol ishtirok etishdi.