Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ularning huquqlari” mavzusida siyosiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ularning huquqlari” mavzusida siyosiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlarini ta’minlash, oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlari, davlat xizmati, ta’lim, ilm-fan, innovatsiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.

✅Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi dotsenti So‘fieva Dilafruz Ulug‘bekovna ishtirok etib, mavzu yuzasidan chuqur tahliliy fikr-mulohazalar bildirdilar. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi

✈️@tuituz_official