
Endi 5 yildan ortiq ish tajribasiga ega, lekin oliy ma’lumoti yo‘q xotin-qizlar tavsiyanoma asosida davlat OTMlariga kontrakt asosida o‘qishga kira olishadi.
Bu qanday ishlaydi?
Qonunchilikka ko‘ra, agar siz:
- O‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lsangiz,
- OTMda hech qachon o‘qimagan bo‘lsangiz,
- Soha bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribangiz bo‘lsangiz 500 nafar ayol uchun ajratilgan alohida kvota doirasida o‘qishga kirish imkoniga egasiz.
Tavsiyanoma olish uchun qayerga murojaat qilinadi?
- https://xotin-qizlar.uz/ sayti orqali
yoki
- Doimiy yashash manzilingizdagi tuman/shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilasiz.
Kerakli hujjatlar:
– Pasport yoki ID karta nusxasi
– Mehnat daftarchasi (yoki elektron ko‘chirma)
– O‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim diplomi
Muhim!
Tavsiyanoma olganlar ham kirish imtihonida qatnashishadi, lekin ular alohida 500 ta kvota uchun kurashishadi.
Hujjatlarni topshirishdan oldin quyidagilarni tekshirib oling:
– Ish staji: my.mehnat.uz (YMMT)
– Diplom: diplom.edo.uz